Хулкарой Жомуродова

Очень плохоПлохоУдовлетворительноХорошоОтлично (20 голосов, средний бал: 4,60 из 5)
Загрузка... Хулкар ЖомуродоваЯ родилась 3 октября 1993 года в Кашкадаринском областе  Узбекистана. Закончила школу № 3 в городе Ташкент, потом поступила в лицей при Национального Университета Узбекистана. Очень люблю почитать рассказы, а также  стихи и даже вдохновившись ими, сама тоже пишу стихи и рассказы. Усердно работаю над собой, в будущем хочу стать выдающей писательницей. ___________________________________________________________________________________________

Ilk qor quvonchlari

 

Kechagina yoz haroratidan kuyunib, kuzni qarshi olibmiz-u qishni kirib kelganini sezmay qolibmiz. Mana bugun ilk qor ham yog’moqda. Ko’nglimda ajib bir tuyg’u jo’sh urmoqda.  Naqadar go’zal va beg’ubor. Hech nima ilk qor quvonchlariga teng kelmaydi. Qor parchalari yuzinga shunday shiddat bilan uruladi-ki, bu kishiga shirin azob beradi. Shu onda men ham qor parchasiga aylangim keldi-yu,  jondan suygan insonimning qo’llaridan so’ngi bora quchmoqni istadim. Naqadar shirin tuyg’u, naqadar shirin azob. Uning shirinligi shunda-ki, yana bir bor o’sha qaynoq qo’llar haroratini his qilaman,azobi esa bu  so’ngi borligida.  Goho oppoq qorga qarab ko’zlarim quvonadi, chunki o’shal sokin kechalarda edik birga, birga qarshi olgandik ilk qor quvonchlarini, shodliklar ila. Gohida ilk qor yog’adi-yu, lekin u yonimda bo’lmasa nima qilaman deb o’ylanardim. O’ylarim ro’yobga oshmoqda-yu, qanday nafas olayotganimga  hatto o’zim ham hayronman, naxot u siz ham yashay olaman, nahot bu vaqt meni yengdi, nahot ularning barchasi endi xotira bo’lib, o’tmishda qoldi. Mana bugun ilk qor ham yog’moqda. Ko’nglimda ajib bir tuyg’u jo’sh urmoqda. Naqadar go’zal va beg’ubor. Yon atrofga sekin nazar tashlayman. Yolg’iz o’zim yuzlarimga kelib urulgan qor parchalari ko’zlarimdagi yashirin yoshlarni oshkor qilib qo’ysaya? Istamayman aslo yig’lashni, istamayman aslo xotiralar bilan yashashni, istamayman, istamayman… Mana o’sha yana sokin hiyobon, yana ilk qor. Naqadar go’zal va beg’ubor. Oradan bir yoki ikki  emas, uch yil ko’z yumib ochgunimcha o’tib ketibdi-yu, lekin sezmay qolib man ham. Hiyobon uzra tanho kezarman… eeeeh qo’y yurak o’rtanma, qiynalma, baribir ortga qaytmas u. Yo’l  bo’ylab ketar ekanman avtomobillarning tezlik ila harakat qilayotgani, mayin yog’ayotgan qor shodon kulgular  naqadar insonga azob bag’ishlaydi. Shu onda qulog’imga faqat bitta so’z chalinardi, “TO’XTA, TO’XTA” … Ko’zim nogoh tanish chehraga duch kedi. U tomon asta harakatlana boshladim. O’sha  tanish chehra menga jilmayib qarar edi. Lekin, lekin uning oldida endi, o’z dildori bor. (shu onda shiddat bilan harakatlanib kelyotgan mashina qizni urib yubordi, qiz yarim chalajon yerda yotar edi).  Shu onda qo’llarimni ushlagan qo’llar menga yana o’sha qaynoq qo’llar harotatini yodga soldi.  Uning ko’zlariga so’ngi bora  to’yib qaradim-u, bu dunyodan uning og’ushida jon berayotganimdan shod edim… Qo’llarim uning qo’llarida  huddi eriyotgan qor parchalari singari tilkapora bo’lardi va oppoq qor  tusidan yo’qlikka, muzlikka cho’mayotgan hayotsiz qolgan,  extiyorsiz titragan shabnamga aylanib borardi. Bir parcha barbod bolgani bilan borliqni o’ragan oqlikning rangi yohud harorati o’zgarmaydi. Samodan yana ham ihtirosga chorlovchi beg’ubor qor parchalari yurakni asirqiluvchi muhabbat o’z “qiynoq”larini tarqataveradi, hayot davom etaveradi… Mana bugun ilk qor ham yog’moqda. Ko’nglimda ajib bir tuyg’u jo’sh urmoqda. Naqadar go’zal va beg’ubor…   Qaynoq qo’llarning haroratin tuydim,                                                            Kuygan yuragim bilan men qayta suydim…